Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zMU talabalari qonun ijodkorligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi

 O‘zMU Ijtimoiy fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq taʼlimi" kafedrasi dotsenti Enaxon Nishanbayeva tashabbusi bilan tyutorlar Nodirali Xojiyev, Nodira Egamberdiyeva va Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti 3-bosqich talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Tanishuv davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi tomonidan atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan Qonunlarning mazmun mohiyati toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Uchrashuv savol-javob va muhokamalarga boy bo‘ldi. Talaba-yoshlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlislar zali, kutubxonasi, parlament muzeyi bilan yaqindan tanishdilar.

O‘zMU Axborot xizmati