Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O`zMU talabasi Osiyo chempionatida shashka sport turi bo`yicha ikkita oltin va bitta kumush medal sohibi

O'zMU Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabasi Boltaboyev Umid Muhiddin o'g'li joriy yilning 14-iyundan  26-iyungacha Toshkent shahrida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida shashka sport turi bo'yicha ikkita oltin va bitta kumush medallarni qo'lga kiritdi. 

Natijalarga koʻra, 64 katakli shashkaning klasika yoʻnalishida 2-oʻrinni, blitz yoʻnalishida 1-oʻrinni, 

100 katakli shashkadan blitz yoʻnalishida 1-oʻrinni egalladi.

Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizning ushbu yutugʻi bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.

OʻzMU Axborot xizmati