O`zMU talabasi Svetlana Osipova – bronza medal sohibasi!

Avval xabar berganimizdek, Janubiy Koreyada taekvondo WT bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Musobaqaning bugungi kuni ham taekvondochilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechmoqda.
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida O‘zMU Taekvondo va sport faoliyati fakulteti 3-bosqich talabasi Svetlana Osipova ham yurtimizga bronza medali bilan qaytadigan bo‘ldi.
Yigitlarimiz esa medallar jamg‘arish bo‘yicha umumjamoa hisobida Janubiy Koreyani ham ortda qoldirib, birinchi o‘ringa chiqib olishdi.

Barcha talabalarimizni yutuqlar bilan tabriklaymiz!
Eslatib oʻtamiz, Janubiy Koreyada taekvondo WT bo‘yicha oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatida talabalarimizdan dastlab Ulugʻbek Rashitov, soʻng Jasur Jaysunov oltin medalni qoʻlga kiritgan edi.
OʻzMU Axborot xizmati