O’zMU talabasi Svetlana Osipova – Jahon chempioni! Tarixiy natija muborak bo’lsin!

Meksika davlatida taekvondo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 1ta oltin, 1ta kumush va 2ta bronza medalini qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi. O‘zbekistonlik taekvondochilar Xorvatiya, AQSh, Italiya, Buyuk Britaniya, Braziliya, Eron kabi mamlakat sportchilarini ortda qoldirishdi.
Ayollar o‘rtasida +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan talabamiz Svetlana Osipova barcha raqiblarni mag‘lub etdi va Jahon chempioni bo‘ldi.
Dastlab AQSh vakilasi ustidan g‘alaba qozongan Osipova chorak finalda Marokash, yarim finalda avstriyalik raqibalarini ham mag‘lubiyatga uchratdi. Finalda isroillik Dana Arzanga qarshi chempionlik uchun dayanga chiqqan Svetlana 2:1 hisobida g‘alaba qozondi va OLTIN medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbek taekvondosi tarixida bugungi kungacha hech kim ayollar o‘rtasida Jahon chempioni bo‘lmagan.


O`zMU Axborot xizmati