Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU Turkiyaning Anqara va Istanbul universitetlari bilan hamkorlik qiladi

OʻzMU delegatsiya vakillari xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan akademik va ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida Turkiya Respublikasining Anqara hamda Istanbul universitetlariga tashrif buyurib, u yerdagi o‘quv jarayoni va OTMlar moddiy texnik bazasi bilan tanishdi.
Istanbul universitetiga tashrif chog‘ida fakultet masʼullari bilan uchrashuv tashkil etilib, akademik almashinuv (talabalar va professor-o‘qituvchilar) dasturini amalga oshirish, jurnalistika yo‘nalishida tadqiqot olib borayotgan doktorantlarni Erasmus+ dasturi doirasida malaka oshirishlarini tashkil etish, talabalar amaliyotini oʻtash, qoʻshma dastur asosida talabalarni oʻqitish, shuningdek, hamkorlikda konferensiya, festival va seminarlar o‘tkazish, Dedukoʻrgat xalqaro kinofestivalida ishtirok etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlik dasturlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishish rejalashtirildi.
Uchrashuv soʻnggida Istanbul universiteti delegatsiyasini Oʻzbekiston Milliy universitetiga taklif etildi.

OʻzMU Axborot xizmati