Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU va BFU talaba-yoshlari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazildi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (keyingi oʻrinlarda OʻzMU) va Rossiya Federasiyasining Boltiq Federal universiteti (keyingi o’rinlarda BFU) o‘rtasida hamkorlik aloqalar o‘rnatilganligi hamda BFUning 75 yilligi munosabati bilan joriy yilning 25-aprel kuni ikki universitet talabalaridan iborat bo‘lgan jamoalar o‘rtasida “Что? Где? Когда?” (“Zakovat”) intellektual o‘yini masofaviy tarzda ZOOM platformasi orqali o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O’zMUning Tarix va Jurnalistika fakultetlarining 6 nafar talabalaridan iborat jamoasi ishtrok etdi. Ushbu intellektual o'yinda O‘zbekiston va Rossiya davlatiga, xususan Toshkent va Kaliningrad shaharlari hamda ikki universitet tarixiga oid savollar berilib, ushbu mavzular bo‘yicha jamoalarning bilimlari sinaldi. Oʻyinning yakuniy natijalariga ko'ra, O'zMU jamoasi g'alaba qozondi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

O’zMU Axborot xizmati