Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMU yosh matematigi aniqlandi

Xabaringiz bor, O‘zMU Matematika fakulteti talabalari oʻrtasida “ASAKABANK” AJ tomonidan "Yosh Matematik" stipendiyasi uchun “ILM YO‘LIDA ILK QADAM” tanlovi e’lon qilingan edi.
Tanlovda O‘zbekiston Milliy universiteti Matematika fakulteti 3-4 bosqich talabalari Matematika yo‘nalishining turli sohalarida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar asosida tanlangan ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga koʻra, O'zMU Matematika fakulteti 3-kurs talabasi To'rayev Jahongir 1-o'rini egalladi.
Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizni ushbu yutugʻi bilan muborakbod etamiz va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

OʻzMU Axborot xizmati