Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda

Bugun, 7-avgust kuni Oʻzbekiston Milliy universitetida Sport faoliyati: Kurash ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkazildi. Unda 100 dan ortiq abituriyentlar oʻz iqtidor va imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar. Imtihon jarayonlarini adolatli, ochiq va shaffof o‘tkazilayotganini kuzatish uchun keng jamoatchilik, Xalq deputatlari, vazirlik mas’ul xodimlari, jamoatchilik kengashi, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan. Jumladan, ijodiy (kasbiy) imtihonlarni shaffof o'tkazilishini ta'minlash maqsadida hududlarda uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o'rnatilgan boʻlib, ota-onalar https://live.nuu.uz platformasi orqali jonli kuzatib borishlari mumkin. Shuningdek, tashrif buyurgan ota-onalarning kutishlari uchun barcha sharoitlarga ega alohida kutish maydonlari tashkil etilgan.
Abituriyentlar umumiy jismoniy tarbiya va maxsus jismoniy tarbiyadan imtihon topshirdilar, jumladan, ayollar 400 metrga, erkaklar 800 metrga yugurish, uzunlikka sakrash, turnikka tortilish va kurash sport turining texnika, taktika, harakat va ishoralari boʻyicha maxsus mashqlarni bajardilar.
Abituriyentlar o'z iste'dodi va qobiliyatiga ko'ra imtihon oluvchi komissiya a'zolari tomonidan odilona, haqqoniy baholandilar va kasbiy imtihon topshirgan kunning oʻzida kasbiy imtihon natijalari komissiya tomonidan e’lon qilindi.

Ma'lumot uchun, Sport faoliyati: Kurash ta'lim yo'nalishi uchun 25 ta kvota ajratilgan.

O'zMU Axborot xizmati