Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻZMUDA KASBIY (IJODIY) IMTIHONLARNING BIRINCHI KUNI BOSHLANDI

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetiga roʻyxatdan oʻtgan abiturientlar uchun alohida iqtidor talab qiluvchi ta’lim yoʻnalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.  Shu yilning 1-avgust kuni bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha Jurnalistika: internet jurnalistikasi, Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositasi jurnalistikasi, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishlariga dastlabki kasbiy imtihon o‘tkazildi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar ogʻzaki va yozma shaklda oʻtkazildi. Shu bilan birga, koʻzi ojiz abiturientlar bakalavriatning 24 ta ta’lim yoʻnalishlari uchun imtihon topshirdilar.  Ijodiy imtihonlar universitetning Matematika fakulteti hamda bosh binoning A blokida boʻlib oʻtdi.

O'zMU rektori Inom Madjidov va o'quv ishlari bo`yicha prorektor Shuhrat Toshmatov ko'zi ojiz abiturientlar uchun o'tkazilayotgan imtihon jarayonini ko'zdan kechirdi

O‘zMU rektori Inom Madjidov va Oʻquv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatovlar ijodiy imtihon jarayonlarini koʻzdan kechirib chiqishdi. Odilona va shaffof tarzda oʻtkazilayotgan ijodiy imtihonlarni yanada shaffof, ochiq va adolatli oʻtkazishda O‘zbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirlik boʻlim boshligʻi Mamanazarov Abdusamat, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi Ichki ishlar boʻlim boshligʻi Ismailbekov Dilshod, Olmazor tumani deputati Toʻlqin Eshbekov hamda jamoatchilik nazorati tomonidan nazorat qilib borildi. 

Alohida iqtidor talab etadigan 3 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'tkazilayotgan kasbiy imtihon jarayonlaridan

Shuningdek, imtihon o‘tkaziladigan hududlar to‘liq kamera kuzatuvida va https://live.nuu.uz/ platformasi orqali real vaqt rejimida toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatish imkoniyati yaratilgan. Imtihon jarayonlarini adolatli va shaffof o‘tkazilayotganini kuzatish uchun  keng jamoatchilik,  Xalq deputatlari, vazirlik mas’ul xodimlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirok etdi. 

Ota-onalar uchun kutish maydonlari tashkil etilgan bo‘lib, maydonga o‘rnatilgan monitorlarda kuzatuv kameralari orqali imtihon jarayonlarini kuzatib borishi uchun qulay sharoit yaratilgan. Hududda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.

Ma’lumot uchun, kasbiy (ijodiy) imtihonlar 10-avgust kuniga qadar 2 smenada davom etadi.

Ota-onalar kutish maydoni

OʻzMU Axborot xizmati