OʻzMUda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbir oʻtkazildi



Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi. Xususan, mazkur tadbirni tashkil etishdan maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashining 5-aprel kuni boʻlib oʻtgan 7-yigʻilishi bayonnomasi 3- ilovasi bilan "Oliy taʼlim sohasida "Korrupsiyasiz soha" loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2022-2023 yillarga moʻljallangan Yoʻl xaritasi"da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugun tashkil qilingan tadbir yuqorida qayd etilgan vazifalari ijrosini taʼminlashga qaratildi. Ushbu tadbirda OʻzMU birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev, O’zMU rektori maslahatchisi Jalol Ro’ziyev, Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish Agentligi mas'ullari, Oliy taʼlim muassasalarida korrupsiyani oldini olish Toshkent shahar prokuraturasi boʻlimi xodimi, OʻzMU oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi Topildiyev Vohidjon, OʻzMU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini boshqarish boshligʻi Shohnazar Gʼulomov, OʻzMU yuristkonsulti Guli Yahyoyev va unversitetining professor-oʻqituvchilari hamda talabalar faol ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida unversitetlarda sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda ularni oldini olish xususida maʼruzalar tinglanib, tegishli tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida yuqorida keltirib oʻtilgan holatlarni oldini olish maqsadida korrupsiyon holatlarni sodir etganda huquqiy javobgarlik xususida ishtirokchilariga tushuntirishlar olib borildi.
O’zMU Axborot xizmati