OʻzMUda navbatdagi Ilmiy Kengash yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 26-avgust kuni Ozbekiston Milliy universitetida navbatdagi Ilmiy Kengash yigʻilishi oʻtkazildi. Unda universitet rektori Inom Madjidov, soha prorektorlari, fakultet dekanlari va professor-o
qituvchilar ishtirok etdi.
OʻzMU rektori Inom Madjidov O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va “Bilimlar kuni”ni tantanali o‘tkazish xususida toʻxtalib oʻtdi.

Shundan soʻng universitet O’quv-ishlari bo’yicha prorektori Shuhrat Тoshmatov tomonidan Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 yildagi 289-son "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to
grisida"gi Qarori ijrosi va universitetda yangi ochilgan ta’lim yo
nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini oquv reja va fan dasturlarini tasdiqlash xususidagi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, O
zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.06.2022 yildagi 289-son "Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog
risida"gi Qarori ijrosi va universitetda yangi ochilgan ta’lim yonalishlari hamda magistratura mutaxassisliklarini o
quv reja va fan dasturlarini tasdiqlash, talabalarni kutib olish va yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalarni talabalar turar joylariga joylashtirish, universitetda oquv bino va xonalarning yangi o
quv yiliga tayyorgarlik holati, 2021-2022 o`quv yili universitet bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi natijalari va shu kabi muhim masalalar Ilmiy Kengash kun tartibiga qoʻyildi.
Yigʻilish davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida oʻtkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va konsert dasturlaridagi faol ishtiroki uchun OʻzMU professori Muhammedjanova La’lixon tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

OʻzMU Axborot xizmati