Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʻzMUda navbatdagi Kuzatuv kengashi boʻlib oʻtdi

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida navbatdagi Kuzatuv kengashi boʻlib oʻtdi. Unda Kuzatuv kengashi raisi va a’zolari, OʻzMU rektori Inom Madjidov hamda universitet soha prorektorlari ishtirok etdi. Kuzatuv kengashi kun tartibiga bir nechta muhim masalalar qoʻyildi.


Dastlab Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Sh.Toshmatov Oʻzbekiston Milliy universiteti maʼmuriy-boshqaruv, oʻquv yordamchi texnik-xizmatchi xodimlari hamda professor-oʻqituvchilarining muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida faoliyatini baholash orqali ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilash boʻyicha Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. Kuzatuv kengashi davomida Oʻzbekiston Milliy universitetida xorijiy professor-o’qituvchi va mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini belgilash tartibi, Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi, xorijiy OTMlar bilan qoʻshma taʼlim dasturlari hamda xorijiy fuqarolar uchun bakalavriat talim yoʻnalishlari (kunduzgi, sirtki, kechki, masofaviy) va magistratura mutaxassisliklarida toʻlov-kontrakt asosida 2022/2023-o’quv yilida tahsil olishlari uchun o’qitish qiymati miqdori toʻgʻrisida muhokama qilindi.

OʻzMU Axborot xizmati