15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

O'ZMUNING XALQARO REYTINGDAGI KO'RSATKICHLARI KO‘TARILDI

Oʻzbekiston Milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston milliy universitetini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Нigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 500 ta oʻrindagi oliy ta’lim muassasalari roʻyhatiga kiritish maqsadida xalqaro reyting koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha strategik ishlar olib borilmoqda. Xususan, dunyoning kuchli 500 universitetlar qatoridan joy olishi uchun har bir koʻrsatkichni oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi. O’zMU xalqaro reytinglarda ishlash boʻyicha muntazam ravishda seminar-treninglarda faol ishtirok etib, kasbiy malaka oshirmoqda. “Quacquarelli Symonds” xalqaro agentligining 2022-yil uchun eng yaxshi universitetlar reytingida Oʻzbekiston Milliy universiteti koʻrsatkichlar boʻyicha oʻz natijalarini oshirdi. QS World University Rankings EECA,  ya’ni Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari reyting natijalariga koʻra, Oʻzbekiston milliy universiteti  oʻtgan yili 351+ oʻrin olgan boʻlsa, 2022-yil uchun e’lon qilingan reytingda 100 pogʻona yuqoriga koʻtarilib, 251+ oʻrinni egalladi. Akademik obro‘ ko‘rsatkichi bo‘yicha universitet +155 o‘rin bilan mintaqa bo‘yicha eng kuchli natijaga ega bo‘ldi. Shuningdek, ilmiy nashrlarga iqtiboslik ko‘rsatkichida 164 o‘rinni egalladi.

O‘zMU Axborot xizmati