Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Oʼquv yili yakuniy natijalari bo'yicha taqdimotlar tinglandi

Oʼzbekiston Milliy universitetida har yili oʼquv yili yakuniy natijalari hamda yangi oʼquv yilidagi istiqbolli rejalarga bagʼishlangan fakultet va kafedralar taqdimoti boʼlib oʼtadi. Bugun 25-iyun kuni fizika fakulьteti kafedralari natijalari muhokama etildi, muammolarga soha prorektorlari tomondan yechimlar taklif qilindi. Shuningdek, yangi oʼquv yilida yanada taʼlim sifatini oshirish, chet tilida oʼqitiladigan guruhlar sonini oshirish, fizika sohasidagi ilmiy- innovatsion loyihalarni koʼpaytirish kabi bir qator masalalar muhokama etildi. Shuningdek, soha prorektorlari tomonidan fizika fakulьteti jamoasiga 2023 yilda QS xalqaro reytingda Subject Rankings fan sohasi boʼyicha dunyo reytingiga kirish boʼyicha manzilli va maqsadli ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilab berildi.

Xalqaro aloqalar bo'limi