Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Oʼzbekiston Milliy universitetida Аlban-Аmerika shoiri, yozuvchi, tarjimon, adabiy tanqidchi, noshir va faylasuf – Gekyo Marinay talabalar bilan uchrashdi

Bugun 26 may kuni Oʼzbekiston Milliy universitetida Аlban-Аmerika shoiri, yozuvchi, tarjimon, adabiy tanqidchi, noshir va faylasuf - Gekyo Marinay xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan uchrashdi. Mazkur uchrashuvda Gekyo Marinay Oʼzbekiston va oʼzbek xalqi toʼgʼrisida oʼzining iliq va ijobiy fikrlarini bildirib adabiyot bu xalqlar oʼrtasida doʼstlik rishtalarini mustahkamlovchi koʼprik ekanligini alohida taʼkidlab oʼtdi. Davra suhbatida talabalar shoir sheʼrlaridan oʼqib berdilar. Shuningdek, adabiyot, tarjima, ijod borasida oʼzlari qiziqtirgan savollarga Gekyo Marinay tomonidan javoblar oldilar.

Xalqaro aloqalar bo'limi