OʼZBEKISTON – YOSHLАR MАMLАKАTI

Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yoʼlidan maʼlumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʼlishi oʼsha davlatda yoshlar taʼlim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan eʼtibor darajasiga chambarchas bogʼliq. Shu maʼnoda, Oʼzbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Joriy yilning 13 aprelь kuni Oʼzbekiston “Аdolat SDP” Toshkent shaxar Kengashi raisi oʼrinbosari Аmonov Odiljon , Toshkent shaxar, Olmazor tumani “Аdolat SDP” Kengashi raisi Ilxomjon Аbdurashidovlar Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti professor-oʼqituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida “Oʼzbekiston - yoshlar mamlakati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarning huquq, manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar, imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilganligini va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilayotganligi toʼgʼrisida maʼlumot berildi. Oʼzbekistondagi barcha oʼzgarishlarning negizi hisoblangan taʼlim-tarbiya tizimida ham tub islohotlar olib borilayotganligi alohida taʼkidlab oʼtildi. Uchrashuv davomida yoshlarimizni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʼrgatish masalalari boʼyicha ilgʼor xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda raqamli texnologiyalar oʼquv markazlari tashkil etilayotganligi bildirildi. Bu maskanlarda elektron tijorat va dasturlash bepul oʼrgatilishi, axborot texnologiyalari sohasida biznes boʼyicha innovatsion koʼnikmalar shakllantirish hamda “startap” loyihalarga yordam koʼrsatilishlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlar talaba-yoshlarda katta qiziqish uygʼotdi.

Taekvondo va sport faoliyati fakulьteti