Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OʼzMU “Diplomatic World” xalqaro jurnali nigohida


Xabaringiz bor, joriy yilning 22 iyulь kuni Belgiyaning “Diplomatic world” jurnali ijrochi direktori Barbara Ditrix Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurgan edi. OʼzMU rektori Inom Madjidov “Diplomatic world” jurnali ijrochi direktorining Oʼzbekistonning taʼlim tizimi toʼgʼrisida gʼarb davlatlari ishbilarmon doiralarini xabardor qilish hamda Oʼzbekiston Milliy universitetini xalqaro hamjamiyatiga tanitish maqsadida “Diplomatic World” jurnalida maqola chop etish taklifini mamnuniyat bilan qabul qilib, jurnalning keyingi sonida ushbu maqolani chop etilishi kelishib olingan edi.
“Diplomatic World” xalqaro jurnalining Oʼzbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bagʼishlangan maxsus sonining elektron nashri keng jamoatchilikka taqdim etildi. Unda Oʼzbekiston hukumat vakillari, fan, taʼlim, sanʼat va madaniyat arboblari, biznes sohasi va fuqarolik jamiyati vakillarining fikr-mulohazalari jamlangan. Shuningdek, OʼzMU rektori, professor Inom Madjidovning “Evident reforms in the higer education system of Uzbekistan in the period 2017-2021" sarlavhasi ostida maqolasi chop etildi. Unda Oʼzbekistonning taʼlim tizimi va undagi asosiy oʼzgarishlar, xususan, soʼnggi yillarda oliy taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlari haqida fikr yuritilgan. “Diplomatic World” xalqaro jurnalining ushbu maxsus soni xorij jurnalistlar tomonidan tez kunda universitetga taqdim etilishi kutilyapti.
Maʼlumot uchun: “Diplomatic World” – xalqaro jurnal boʼlib, har chorakda jahonda sodir boʼlayotgan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy, moliyaviy va madaniy masalarni yoritib boradi. Jurnal yevroparlamentariya, YeI rahbariyati, ishbilarmon doiralar, diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlarga tarqatiladi.

OʼzMU Аxborot xizmati