Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

OʼzMU Ijtimoiy fanlar fakulteti talabalari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi

Oʼzbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy gʼoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi yoʼnalishi 3-bosqich bir guruh iqtidorli talabalari Oliy majlis Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Xalq demokratik partiyasi fraktsiyasi yigʼilishida ishtirok etib, qonunchilik muhokamalarida qatnashdi. Shuningdek, talaba-yoshlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muzeyi va kutubxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Har haftaning dushanba kuni fraksiya yig'ilishida muhokama qilinadigan qonun loyihalarida talabalar ishtirok etishi hamda amaliyot jarayonlarini olib borishga kelishib olindi.

O'zMU Axborot xizmati