OʼzMU Jurnalistika fakulteti talabalari «Tahsin» mukofoti gʼolibi

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbariyati tomonidan salohiyatli va isteʼdodli yigit-qizlarni qullab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini yuzaga chiqarish boʼyicha «Yoshlar oyligi» doirasida «Yangi Oʼzbekiston yoshlari, birlashaylik» shiori ostida qator tadbirlar oʼtkazilyapti. Mazkur tadbirlarning mantiqiy davomi sifatida 28 iyunь kuni Аlisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri old maydonida mamlakatning eng ilgʼor yoshlarini «Tahsin» yoshlar mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi. Ushbu taqdirlash marosimda Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi rahbariyati, hukumat aʼzolari, diplomatik korpus vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
«Tahsin» taqdirlash marosimida OʼzMU Jurnalistika fakulteti 4 bosqich talabalari - Xudoynazarov Ilhom va Omonqulova Muslima «Tahsin» mukofoti gʼoliblari safida eʼtirof etildi.
Jurnalist talabalarimizning yangi muvaffaqiyati bilan universitet rahbariyati va yoshlari nomidan tabriklaymiz!

OʼzMU Аxborot xizmati