OʼzMUda ilk xorijlik doktorant PhD dissertatsiyasini himoya qildi

Oʼzbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashda OʼzMUning rossiyalik izlanuvchisi Tvyordiy Dmitriy Аleksandrovich 05.01.07-Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi boʼyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Toʼyinish va xotira effektiga ega dinamik jarayonlarni kasr tartibli Rikatti tenglamasi yordamida matematik modellashtirish» mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Tvyordiy Dmitriy Аleksandrovich ilmiy izlanishlarini Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq sharq boʼlimining Kosmofizik tadqiqotlar va radiotoʼlqinlar tarqalishi instituti professori f.-m.f.d. Roman Ivanovich Parovik ilmiy rahbarligida (ilmiy maslahatchi: OʼzMU Аmaliy matematika va intellektual texnologiyalari fakulteti dekani f.-m.f.d. Raxmonov Zafar Ravshanovich) amalga oshirgan boʼlib, Rikatti tenglamasi asosida toʼyingan jarayonlarning matematik modelini qurish va sonli yechishning samarali usullarini ishlab chiqish, oʼzgaruvchan koeffitsientli Gerasimov-Kaputo tipidagi kasr tartibli hosilaga ega Rikatti tenglamasi asosida toʼyinishli jarayonlarning matematik modellarini qurish boʼyicha salmoqli ilmiy natijalar olingan.

Xalqaro aloqalar bo'limi