OʼzMUda UNICAC loyihasi hamkorlari ishtirokida tadbir o’tkazildi

Bugun, 19-aprel kuni OʼzMUda Erasmus+ dasturi doirasida UNICAC (“University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China”) loyihasi hamkorlari ishtirokida tadbir boʼlib oʼtdi. Unda Italiya, Finlyandiya, Tojikistondan tashrif buyurgan loyiha aʼzolari va universitetning professor-oʼqituvchilari, talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda xalqaro boʼlimlarni infratuzilmalarini stragegik va boshqaruv jihatdan tayorlashni amalga oshirish hamda ularni zamonaviylashtirish, OTMlarda xalqaro hamkorlik siyosati va boshqaruvni takomillashtirish boʼyicha taqdimotlar tinglandi. Hamkorlik maqsadida UNICAC tarmogʼini rivojlantirish, olinadigan natijalarni sinab koʼrish orqali talabalar va professor-oʼqituvchilar uchun moʼljallangan loyihalarni amalga oshirish, xalqaro xamkorlikni yaxshilashga hissa qoʼshish, tadqiqotlar olib borishda oʼzlarining imkoniyatlaridan yanada yaxshiroq foydalangan holda bu sohalardagi hamkorlikni oshirishga kelishib olindi.


O’zMU Axborot xizmati