Ochiq dars
2023-yil 28-mart soat 15:00 da Neft va gaz kimyosi yoʻnalishi 301 oʻzbek guruhi talabalari bilan Kimyo fakulteti 209-maʼruzalar xonasida yuksak darajada tashkil etilgan Ekologiya fakulteti Ekologik monitoring kafedrasi g.f.f.d PhD oʻqituvchisi Z.A.Abdurashidovning Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan “Ishlab chiqarishda sodir boʻladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari” mavzusida ochiq darsga tashrif buyurgan kafedra va fakultet professor-oʻqituvchilar hamda ZOOM internet profil tarmogʻida https://us06web.zoom.us/j/4942706923?pwd=b3M4cFJxUHFnZnpuU3kyWW8vNzg0QT09 onlayn tarzida hamda anʼanaviy oflayn tarzda ham ochiq dars muhokamasi boʻlib oʻtdi. Jami: 54 ta kafedra, fakultet professor-oʻqituvchilari shundan, 7 nafari xorijiy professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Darsning asosiy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklarining “Ishlab chiqarishda sodir boʻladigan baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklari”ga doir hususiyatlari tushuntirib berildi.
g.f.f.d PhD oʻqituvchisi Z.A.Abdurashidov mavzuni yoritishda zamonaviy ped texnologiyalardan, koʻrgazmali qurollar, slaydlar va mavzuga doir videoroliklardan juda unumli va oʻz oʻrnida foydalandi. Bu talabalarda qoʻshimcha darsni puxta oʻrganishiga zamin yaratdi deyish mumkin.

