Oliy taʼlim muassasalarida sodir etilgan korrupsion jinoyatlarni oldini olish mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar doirasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida OTMlarda davra suhbatlari bo'lib o'tmoqda.
Xususan, bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti harbiy kafedra binosida "Oliy taʼlim muassasalarida sodir etilgan korrupsion jinoyatlarni oldini olish" mavzusidagi davra suhbati fikrimizning isbotidir.

Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki nazorat bo'limi boshlig'i podpolkovnik Nig'matjon Komilov, Mudofaa vazirligining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Hamdam Qarshiyev, O'zMU Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens nazorat" tizimini bo'lim boshlig'i Shohnazar G'ulomov hamda harbiy kafedra professor oʻqituvchilari faol ishtirok etdi. Tadbirni tashkil qilishdan maqsad bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurashish va bu sohada proffesor o'qituvchilarning bilim salohiyatini yaxshilashdan iborat.
Tadbir jarayonida oliy ta'lim tizimida korrupsiyon holatlarni oldini olish yuzasidan taqdimotlar qilinib vidioroliklar tadbir ishtrokchilari e'tiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida korrupsiyon holatni oldini olish va korrupsiya bilan sodir etilgan jinoyatlar xususida tahliliy munozaralar o'tkazildi.

Ma'lumot o'rinda aytish joizki, oliy ta'lim tizmi OTMlarda talabalar uchun korrupsiya holatlari bilan to‘qnashganligi bo‘yicha xabar qilish imkoniyatini beruvchi telegram kanali test rejimida faoliyati yo‘lga qo‘yildi. OTMlarda o‘quv jarayonlari, imtihonlar va qabul jarayonlarida AKT imkoniyatlari keng joriy etilmoqda. Korrupsiya illati va uning oqibatlaridan aholi, ayniqsa professor-o‘qituvchilar, talabalarning keng qatlamlarini xabardor qilish maqsadida huquqiy targ‘ibot materiallari, ma’ruza matnlari, slaydlar, infografikalar OTMlarda keng targ‘ib qilindi. Shuningdek, jamoat joylarida ta’lim muassasalari tomonidan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz”, “Korrupsiya ‒ jamiyatni yemiradi”, “Korrupsiya salbiy illat”, “Pora ‒ eng yomon chora” kabi shiorli bannerlar o‘rnatildi.
O`zMU Axborot xizmati