«Oliy taʼlim yetakchilari forumi» boʻlib oʻtdi

24-26-oktabr kunlari Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi "Yoshlar oromgohi"da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining "Oliy taʼlim yetakchilari forumi" boʻlib oʻtdi.


Unda oliy taʼlim muassasalaridagi 120 nafar yoshlar yetakchilari ishtirok etishdi. Forum davomida yetakchilar tizimdagi yangiliklar bilan tanishtirildi, psixologik treninglar va doʻstlik kechasi kabi tadbirlar tashkil etildi.
Forumda O'zMU yoshlar yetakchisi Ulug'bek To'xtayev ham ishtirok etdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.
O`zMU Axborot xizmati