Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

“Olmaliq KMK” AJ vakillari Oʻzbekiston Milliy universitetida

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga fanning ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, ishlab chiqarishdagi muammolar, universitet olimlarining ishlanmalari bilan tanishish maqsadida "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvni IImiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor Yoqub Ergashev ochib berdi. Uchrashuvda Kimyo, Ekologiya, Fizika va Geologiya fakultetlaridan 50 dan ortiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Ma’lumot o’rnida :
“Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha Ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi mamlakatimizda o‘z sohasida noyob bo‘lgan majmuaviy korxonalardan biridir. Markazda volfram va molibden mahsulotlarining har xil markadagi qotishmalaridan metall buyumlar tayyorlash, import o‘rnini bosuvchi va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarni chiqindisiz texnologiyalar asosida chuqur qayta ishlash amalga oshiriladi.
Korxonada mahalliy korxonalar uchun o‘tga chidamli mahsulotlar bo‘yicha bir qator investitsiyaviy loyihalar amalga oshirib kelinmoqda. Ishlab chiqarilgan volfram va molibden mahsulotlarining 95 foizi Yevropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Ushbu mahsulotlar asosan, po‘lat ishlab chiqarish, mashinasozlik va harbiy sanoatda keng ishlatiladi.
Ilmiy-texnologik markazda qisqa davr ichida qo‘yilgan poydevor, salohiyatli yosh mutaxassislarga keng imkoniyatlar berilishi, markazning jarayonlar va tadqiqotlar uchun zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan qurollanganligi 2022-2026 yillarda Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasini rivojlantirish dasturiga xizmat qiladi.

O`zMU Axborot xizmati