G’alaba muborak !

"Yoshlar oyligi" doirasida Olmazor tumani "Yoshlik" Talabalar shaharchasi hokimligi tomonidan talaba-yoshlar oʻrtasida sportning valebol turi boʻyicha "Olmazor tumani hokimi kubogi" musobaqasi oʻtkazildi. Unda shaharchada joylashgan 5 ta oliy taʼlim muassasalarining talaba yoshlari qatnashdi va ushbu OTM quyidagi natijalarni qo’lga kiritdi.
1 Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti
2 Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
3 Toshkent davlat yuridik universiteti
Gʻolib jamoalar hokimlikning diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
???? Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!
O’zMU Axborot xizmati