Oqoltin tumani maktablarida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi va o‘qituvchilar bilimi darajalari o‘rganildi




O‘zbekiston Milliy universiteti fakultetlari tomonidan Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani maktab bitiruvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi hamda tuman xalq taʼlim bo‘limi bilan hamkorlikda maktab o‘qituvchilarining tegishli fandan bilimlari darajasini o‘rganish tadbirlari o‘tkazildi. Tuman maktablarida tashkil etilgan Ochiq eshiklar kuni tadbirlarida universitet faoliyatiga oid videolavhalar va qabul jarayoni to‘g‘risidagi maʼlumotlar taqdimotlari o‘tkazildi, shuningdek, bitiruvchilar va ota-onalarni qiziqtirgan savollarga tushuntirishlar berildi.
Oqoltin tumani 1-maktabda tumandagi maktablar o‘qituvchilari uchun kimyo, biologiya, matematika, informatika, fizika, ona tili va adabiyoti, ingliz tili, rus tili, tarix va geografiya fanlaridan metodik yordam seminar-treninglarini tashkil etish maqsadida ularning bilimini tahlil qilish bo‘yicha test sinovlari o‘tkazildi. Mazkur test sinovlarida 244 nafar o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Test sinovi natijalari o‘qituvchilarga shu kunning o‘zida eʼlon qilindi va tuman xalq taʼlimi bo‘limi bilan yakuniy natijalar bo‘yicha tegishli ishlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
O’zMU Axborot xizmati