Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Orol dengizining qurigan tubi hududida biopreparatlarni joriy qilgan holda tuproq xossalarini yaxshilash va minerallashgan kollektor-zovur suvlarini yaylov ekinlarini yetishtirishda foydalanish orqali tuzga chidamli turlarini tanlash.

Ilmiy rahbari: Abdraxmanov Toxtasin
Bajarilish muddati: 01.05.2022-01.05.2023
Loyiha shifri: IL 632204138
Loyiha turi: Innovatsion

Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Loyihadan kutilayotgan natija Orol dengizining qurigan tubida turli darajada sho'rlangan, suv tanqis sharoitda tuproq xossalarini yaxshilash hamda tuproq paydo bo'lish jarayonini faollashtirishning turli biopreparatlar qo'llash orqali ilmiy asosini yaratiladi. Natijada Orolning qurigan tubida sho'rlanishning turli darajasi va tipiga chidamli o'simliklar o'stirishning innovatsion tadbirlari ishlab chiqiladi.

 Olinadigan natijalarning ahamiyati shundaki, Orolning qurigan tubidagi qumliklarda dastlabki tuproq paydo bo'lish davrida ularning namlik, fizik va kimyoviy xossalari yaxshilanadi, fermentlar, mikrorganizmlar faolligi tiklanadi, provardida esa turli o'simliklarning o'stirish imkoniyati yaratiladi, bu esa Orol dengizining qurigan tubida yashil makon paydo bo'lishiga, qum va tuzlarning uchishini va namlikning bug'lanishini kamaytirishga, hududning biologik xilma xilligini oshirishga, Orolning qurigan tubida bir necha million gektarda turli o'simliklar o'stirish orqali ularni turli tarmoqlarda foydalanish imkoniyatini beradi.

Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo'lga kiritilgan muhim natijalar: Orol dengizining qurigan tubida tuz migratsiyasini kamaytirish, namlikdan maksimal foydalanish, quyosh nurlaridan saqlanish, tuproqning mikrobiologik va fermentativ faolligini oshirish, fizik va kimyoviy xossalarini yaxshilashga qaratilgan bir necha innovatsion texnologiyalar qo'llanildi.

Dastlabki natijalar sifatida Orolning qurigan tubida katalpa, sada qayrag'och daraxtlarining o'sishiga, shuningdek, saksovulning turli yoshdagi ko'chatlari hamda makkajo'xori, beda, amarant o'simliklarining o'stirishga erishildi. Ushbu o'simliklar ildiz atrofida birga yashovchi mikroorganizmlarning paydo bo'lishiga va fermentlar faoliyatini tiklanishiga erishildi.

Loyiha doirasida chop etilgan web of science va Scopus bazasidagi xalqaro ilmiy ishlar: Mazkur loyiha 2022 yil may oyidan boshlangan, asosiy natijalar noyabr oyida olinishi rejalashtirilgan, so'ngra xalqaro bazadagi jurnallarda maqolalar nashr qilinishi rejalashtirilgan.