Osiyo chempionatida yuqori natijalarni qo`lga kiritgan O`zMU talabalari taqdirlandi

Avval xabar berganimizdek, Janubiy Koreyada taekvondo bo‘yicha oʻtkazilgan XXV Osiyo chempionati oʻz nihoyasiga yetdi va O‘zbekiston terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi.
Osiyo chempionatida O‘zbekiston "Eng yaxshi jamoa", "Eng yaxshi murabbiy" va "Eng yaxshi sportchi" sovrinlariga ega chiqdi. O‘zbekiston terma jamoasi unda 4ta oltin (OʻzMU talabalari - Ulugʻbek Rashitov 1 ta oltin, Jasur Jaysunov 1 ta oltin), 1ta kumush va 3ta bronza ( OʻzMU talabasi Svetlana Osipova 1 ta bronza) medaliga ega chiqdi va umumjamoa hisobida tarixiy BIRINCHI O‘RINNI egalladi. Tashkilotchilar musobaqaning “Eng yaxshi sportchisi” deb O’zMU talabasi Jasurbek Jaysunovni tan olishdi!



OʻzMU Taekvondo va sport faoliyati fakulteti talabalari Ulugʻbek Rashitov, Jasur Jaysunov va Svetlana Osipovalar Janubiy Koreyada oʻtkazilgan sportning Taekvondo (WT) turi boʻyicha Osiyo chempionatida yuqori natijalarni qoʻlga kiritganliklari uchun OʻzMU rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va estalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.



Shuningdek, respublika va xalqaro miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalariga sportchilarni tayyorlashda hamda universitet nufuzini yuqoriga koʻtarishda qoʻshayotgan munosib hissasi uchun murabbiy Kim Aleksandr universotet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va estalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.
G`olib talabalarimizni yana bir bor universitet rahbariyati va jamoasi nomidan tabriklaymiz.
OʻzMU Axborot xizmati