Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbek-Qozon qo‘shma taʼlim dasturini «Geodeziya va geoinformatika» yo'nalishining birinchi bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom topshirildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida 2018-yilda Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan O‘zbek-Qozon qo‘shma taʼlim dasturining «Geodeziya va geoinformatika» yo'nalishida tahsil olgan ilk bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zMU va QFU rahbarlari, olimlar va bitiruvchi yoshlar, shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.


Tadbirni O‘zMU rektori Inom Madjidov ochib berib, bitiruvchilarni ikki tomonlama qo‘shma taʼlim dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabrikladi. Shuningdek, yosh kadrlarning bundan keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab, O‘zMU xalqaro eʼtirof etilgan QS World University Rankingsning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo – EECA mintaqaviy reytingida 251-400 o‘rinlarga chiqqanini alohida taʼkidlab o‘tdi.


Shundan soʻng Qozon Federal universiteti (QFU) Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Bagautdinova soʻzga chiqib, bitiruvchilarni samimiy qutladi. Tadbir yakunida OʻzMU rektori Inom Madjidov va QFU Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Bagautdinova bitiruvchi yosh kadrlarga ikki tomonlama diplomlarni topshirdilar.

OʻzMU Axborot xizmati