O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchi kurs talabalari dastlabki yakuniy imtihonlarni topshirdilar.

Ma’lumki, 2018 yilda asos solingan O‘zbekiston milliy universiteti O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturining dastlabki bitiruvchi talabalari 2022 yil 19 maydan buyon Qozon federal universitetida oxirgi semestrni yakunlamoqdalar.

Bugun, 2022 yil 3 iyun kuni O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturining birinchi qaldirg‘ochlari – 4 kurs talabalari Qozon federal universiteti Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya institutida Yakuniy davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirdilar. Joriy yil 6, 7, 8 iyun kunlari bitiruvchilarimiz Bitiruv malakaviy ishlari himoyasini o‘tkazadilar. Ushbu himoyalarni ham muvaffaqiyatl o‘tkazishda talabalarimizga kuch-quvvat tilaymiz!

O’zMU Axborot xizmati