Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturining 4-kurs talabalari Qozon Federal universitetida Bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi


O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturining 39 nafar Birinchi qaldirg‘ochlari – Geodeziya va geoinformatika ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabalari bugun, 2022 yil 8 iyun kuni Qozon Federal universitetida Bitiruv malakaviy ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Talabalarimiz joriy yil 19 may sanasidan buyon QFUda imtihonlar va sinovlar, Davlat imtihonlari topshirdilar. Bu jarayonlar mana bugun QFU huzuridagi Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti komissiyasi oldida Bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bilan yakunlandi.


Ma’lumki, O‘zbekiston Milliy universiteti O‘zbek-Qozon qo‘shma ta’lim dasturi 2018 yildan o‘z faoliyatini boshlagan. Bugungi kunda bu yerda jami 218 nafar talaba Geodeziya va geoinformatika hamda Psixologiya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olmoqda. Dasturda 15 nafar professor-o‘qituvchi va dekanat xodimlari doimiy ravishda faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bitiruvchi talabalarimizni mustaqil hayot yo‘lida erishga dastlabki yutuqlari bilan chin yurakdan tabriklaymiz! Ularga kelajakdagi hayotida va kelgusi amaliy faoliyatida ham zafarlar tilab qolamiz.

O`zMU Axborot xizmati