Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transditsiplinar platformasini yaratish.

Ilmiy rahbari: Yusupova Dildora Dilshatovna
Bajarilish muddati: 04.01.2021-31.12.2022.
Loyiha shifri: A-OT-2021
Loyiha turi: Innovatsion


Kutilayotgan natijalar va ularning ahamiyati: Mazkur loyiha o‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transditsiplinar platformasini yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. Mazkur platformaning mantiqiy tuzilmasi 3 ta blokdan iborat bo‘lib:
1). Diniy va milliy qadriyatlar tadqiqotining yangi ilmiy paradigma va metodologiyasini yaratish.
2). Innovatsion-elektron portalning transditsiplinar tarmoqlarini yaratish va uni elektron metodologik ishlanmalar bilan ta’minlash.
3). Mantiqiy tuzulmaning birinchi va ikkinchi blokida yaratilgan ma’lumotlarni o‘quv elektron uslubiy qo‘llanma, monografiya, xalqaro va respublika ilmiy jurnallaridagi maqolalarida targ‘ib etish; OAV, “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari” elektron veb-sayti va ushbu nomdagi mobil messenjer tarmog‘i bloklarida ommalashtirish.
4). “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari” elektron veb-saytini yaratish.
Veb-sayt tarmog‘ida uchta blok mavjud bo‘lib:
1). Milliy va diniy qadriyatlarimizni o‘rganishning tarixiy-falsafiy, ilmiy an’analari.
2). Milliy va diniy merosimizda oila va gender qadriyatlari.
3). Milliy va diniy merosimizda ta’lim va inson tarbiyasi qadriyatlaridan iborat bo‘ladi.
Veb-sayt tarkibi: O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari tizimini ta’minlovchi kreativ kutubxona, sohaga doir elektron lug‘at, milliy kinofotohujjatlar galereyasi, shaxslar biografiyasi va og‘zaki tarix intervьyulari, videoma’ruzalar, onlayn va oflayn ilmiy-ma’rifiy suhbatlar kanalidan iborat bo‘ladi. Mazkur portal dinshunoslik, tarix, falsafa va boshqa gumanitar fanlarning metodologik, distsiplinalararo tadqiqotlarning transditsiplinar targ‘iboti xarakteridagi fundamental ilmiy ishlarni keng omma, xususan yoshlar auditoriyasida targ‘ib qilish, ularda analitik, mantiqiy, kreativ tafakkurni shakllantirish, o‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlarining ratsional asoslari, an’anaviy shakllanish yo‘li, tarixi, vatanga bo‘lgan mehr e’tibor, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish qaratilgan maqsadda faoliyat ko‘rsatadi. Veb-sayt o‘zbek, rus va inliz tillarida yaratiladi.
Loyiha jamiyatda diniy, milliy-ma’naviy qadriyatlar orqali jamiyat, ijtimoiy-gumanitar fan sohasi vakillari va xususan keng yoshlar auditoriyasida ilm madaniyati, tafakkur madaniyati orqali Vatan, millat va oila masalalariga ongli, shaxs pozitsiyasi nuqtai nazaridan munosabatni shakllanishi, yurt tarixi, kelajak istiqboliga o‘z xalqi diniy va milliy qadriyatlari tarbiyasidan kelib chiqqan holda tanqidiy tafakkur pozitsiyasidan yondoshish stereotipini shakllantirishga qaratilgan.
Hisobot davrida (loyiha yakunida) qo‘lga kiritilgan muhim natijalar: Loyihaning birinchi bosqichi mobaynida 3 ta ilmiy monografiya, 1 ta glossariy, 1 ta sotsilogik dastur, 3 ta ilmiy-onlayn jurnal, Scopus xalqaro bazasida indeksatsiyalangan jurnallarda 2 ta ilmiy maqola, xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola, mahalliy ilmiy jurnallarda 11 ta maqola, xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 6 ta tezis, mahalliy ilmiy-amaliy konferentsiyalarda 4 ta tezis, 1 ta gazeta maqola jami 34 ta nashr ishlari (nashr ishlari ro‘yxati ilovada berildi), shuningdek, 1 ta guvohnoma, 2 ta shartnoma, 1 ta hamkorlik shartnomasi, 3 ta xamkorlik memorandumi, loyiha doirasida 1 ta davra suhbati (06.04.2021), O‘zMTRK “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan hamkorlikda tayyorlangan “Buyuk siymolar” ko‘rsatuvining 102 ta soni, 22 marta radio va televidenie orqali orqali chiqishlar qilindi. Loyiha davomida rejada belgilangan ilmiy tadqiqot ishlari to‘liq bajarildi.
Shuningdek:

  • diniy va milliy qadriyatlar tadqiqotining yangi ilmiy paradigma va metodologiyasi yaratildi;
  • innovatsion-elektron portalning transditsiplinar tarmoqlari ishlab chiqildi;
  • O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari: diniy-milliy.uz elektron vebsayti va “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari kompleksining elektron-transditsiplinar platformasi yaratildi;
  • milliy va diniy qadriyatlar tarixiy-falsafiy, ilmiy an’analar, oila va gender, ta’lim va inson tarbiyasi kabi masalalar doirasida tahlil qilindi;
  • milliy va diniy qadriyatlarni o‘rganish metodologiyasi ijtimoiy, madaniy, maishiy, siyosiy, davlatchilik an’analari asosida ishlab chiqildi;
  • oila va gender masalalari tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari, shaxslar biografiyasi va og‘zaki tarix intervьyulari asosida yoritildi;
  • inson menini shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar ta’lim, tarbiya, oila va jamiyat muhiti dinamikasida aniqlandi;
  • sohaga doir lug‘at, milliy kinofotoxujjatlar galereyasi, videoma’ruzalar, onlayn va oflayn ilmiy ma’rifiy suhbatlar uyushtirilib, o‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari tizimini ta’minlovchi kreativ kutubxona yaratildi.
  • O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog‘iston kesimida sotsiologik so‘rovnomalar o‘tkazildi.
  • 2022 yil 28 iyunь kuni loyiha doirasida “O‘zbek xalqi diniy va milliy qadriyatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi o‘tkazildi.
  • Loyiha doirasida 1 ta guvohnoma olindi.
  • O‘zbek xalqi diniy qadriyatlari va ilmiy merosida aks etgan inson kamoloti, bunyodkorlik g‘oyalariga bag‘ishlangan mavzu doirasida olimlar ishtirokida ilmiy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi.
  • O‘zbek xalqining diniy va milliy qadriyatlarini alohida hududlardan mutaxassislar ishtirokidagi suhbatlarni vebsaytda ma’rifiy suhbat sifatida e’lon qilish uchun Buxoro va Samarqand viloyatlariga safar uyushtirildi.

Guvohnoma

  1. Madaeva Sh., Sobirova U., Yusupova D., Kumusheva M. “A-OT-2021 Innovatsion loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnoma” loyihasi va dasturi nomli ilmiy ishlanma // O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi guvohnomasi / 2021 yil 3 dekabrь. Guvohnoma № 004035.

Loyiha doirasida SCOPUS bazasida chop etilgan xalqaro ilmiy ishlar

  1. Namozova Yu.M. Content and Significance Of The Jadid Education System // International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. SOI: 1.1/TAS DOI: 10.15863/TAS. p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Issue: 10. Volume: 102 http://s-o-i.org/1.1/TAS-10-102-113 https://dx.doi.org/10.15863/TAS SCOPUS. ASCC: 3300. - Philadelphia, USA 202 – P. 988-991.
  2. Kabulniyazova G.T. Komparativnыy analiz predstavleniy Djalaladdina Rumi, Anri Bergsona i Shri Aurobindo Gxosha ob intuitsii i duxovnoy lyubvi // Voprosы filosofii nauchno–teoreticheskiy jurnal. – Moskva: № 11. SCOPUS. - S. 189–197.