«O'zbekiston – bag'rikeng davlat» shiori ostida xalqaro yozgi maktabning ochilishi

Ikki yillik an'anaga muvofiq Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida 21 iyuldan navbatdagi Xalqaro yozgi maktab o'z faoliyatini boshladi. 22 iyul kuni yozgi maktabning birinchi umumiy tanishuv yig'ilishi bo'lib o'tdi. Xalqaro yozgi maktabga ishtirok etish uchun M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Tomsk milliy tadqiqot davlat universiteti, "Iqtisodiyot oliy maktabi" milliy tadqiqot davlat universiteti, "Iqtisodiyot oliy maktabi" milliy tadqiqot davlat universiteti Sank-Peterburg filiali, Belarus davlat universiteti va L.N.Gumulev nomidagi Yevrosiyo davlat universiteti talabalari tashrif buyurishdi.
Birinchi kengaytirilgan yig'ilish davomida O'zbekiston tarixida Milliy universitetning tutgan o'rni, tarixi va bugungi faoliyati to'g'risida ma'lumotlar berib o'tildi. Shuningdek, yozgi maktabning kun tartibi, bajariladigan ishlar va rejalar haqida qisqacha kelishib olindi. Universitetlardan tashrif buyurgan yoshlar o'zlarining oliygohlarini ham tanishtirib o'tib, O'zbekiston haqidagi birinchi taassurotlari haqida fikr bildirishdi.





Xalqaro aloqalar bo'limi