O‘zbekiston Milliy universiteti delegatsiyasi Polshaning Belostok universitetida

23-may kuni bir guruh O‘zbekiston Milliy universitetimiz tarixchilari (prof., t.f.d. R.H. Murtazayeva, prof.v.b., t.f.d. K.D.Saipova, dos., t.f.n.T.I.Doroshenkolar) Polsha davlatining Belostok universitetining professor o‘qituvchi, talaba va magistrlariga O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davridan bugungi kungacha, O‘zbekiston Milliy universitetimizni 105 yillik tarixi, yangi O‘zbekiston davridagi islohotlar haqida maruzalar o‘qishni boshladilar.
Maʼruzada berilgan malumotlar katta qiziqish uyg‘otdi. Talaba va professor-o‘qituvchilar tomonidan ko‘plab qiziqarli savollar berildi. Safar davom etmoqda.
Navbatdagi maʼruzalar 25-may kuni Gdansk universitetida davom etiladi.


Xalqaro aloqalar bo'limi