Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Milliy universiteti Kuzatuv Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida universitet Kuzatuv Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yigʻilishda kun tartibida belgilangan 5 ta muhim masalalar koʻrib chiqildi. Universitet soha prorektorlari tomonidan Oʻzbekiston Milliy universitetini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdimoti namoyish etildi. Xususan, universitetning istiqboldagi marketing strategiyasi, oʻquv jarayonini takomillashtirish, oʻquv-uslubiy ta’minotni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va shu kabi muhim masalalar muhokama qilindi. Mazkur yigʻlish davomida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil uchun Biznes-reja loyihasi, universitet imijini oshirishda matbuot xizmati faoliyatini kuchaytirish va uning shtatlarini optimallashtirish singari masalalar koʻrib chiqildi. 

Tadbir yakunida Kengash aʼzolari tomonidan kun tartibida koʻtarilgan masalalar yuzasidan muhokamalar oʻtkazilib, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

O‘zMU Axborot xizmati