Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Milliy universiteti Osiyo davlatlari ichida 351-400 natija bilan Eng kuchli TOP-500 universitetlar qatoridan joy oldi

Tabriklaymiz qutlaymiz!

Universitet jamoasini yana bir yuksak e'tirof va yutuq bilan tabriklaymiz.

2022-yil 8-noyabr kuni Indoneziyaning Jakarta shahrida QS reyting xalqaro agentligi tomonidan tashkil qilingan "QS Higher Education sammit: Asia Pacific 2022" xalqaro sammiti bo‘lib o‘tmoqda va unda Osiyo Tinch okeni davlatlari universitetlarining reytingi e'lon qilindi.

Natijalarga ko‘ra O‘zbekiston Milliy universiteti Osiyo davlatlari ichida 351-400 natija bilan Eng kuchli Top-500 universitetlar qatoridan joy oldi.

Mazkur natijani hayajon va mamnuniyat bilan Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova Jakartada turib xabar bermoqda.

Universitetni barcha jamoasini yilning ikkinchi ulkan yutug‘i va g‘alabasi bilan tabriklaymiz!

Eslatib o‘tamiz Osiyo Tinch okeani davlatlari reytingiga Yaponiya, Xitoy, Koreya, Singapur, Indoneziya, Malayziya, Tayland va boshqa Osiyo davlatlari kiradi.

2022 yildan boshlab QS EECA regional reytingi bekor qilindi.

Bundan keyin Markaziy Osiyo va Rivojlanayotgan Yevropa davlatlarining oliy talim muassasalari reytingi har yili QS Asia reytingida e'lon qilinib boriladi.

Xalqaro aloqalar bo'limi