Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zbekiston Milliy universiteti talabalari »Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi» g’olibi !

2022-yil 8-oktabr kuni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida o'tkazilgan ''Renessans davri: ilmiy tadqiqotlar yetakchisi'' xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida O'zbek filologiyasi yo'nalishi iqtidorli talabalari Dildora Husanova "Alisher Navoiy g'azallari va Shekspir sonetlarida aks etgan oshiq iztiroblarining integral va differensial jihatlari", Oyjamol Shoniyevaning "Navoiyni anglash - o'zlikni anglash" maqolalari va ularning ilmiy rahbari Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori Dilrabo Kazakbayevaga tashakkurnomalar bildirildi. Dildora Husanova Oyjamol Shoniyevaning ilmiy maqolalari va Kamola Muhammadiyevaning "Tilshunoslik sohasida leksik ma'no taraqqiyoti" mavzularida yozgan maqolalari tashkilotchilar tomonidan yuqori baholanib, Xalqaro ilmiy-amaliy tanlovida g'olib deb topildi va ilmiy-tadqiqot yetakchisi ko'krak nishoni hamda diplom bilan taqdirlandilar.

O'zMU Axborot xizmati