Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Milliy universiteti terma jamoasi o‘g‘il bolalar o‘rtasida o'tkazilgan Regbi-7 bo‘yicha “Talabalar ligasi” Respublika bosqichi musobaqasi g'olibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-martdagi “Sport bo‘yicha terma jamoalarga sportchilarni tanlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 122-son qarori, shuningdek, Universitet sport assotsiatsiyasining xati O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 19-apreldagi 01-08 / 46-son, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti sport majmuasi hamda universitet sport klubi negizida o‘g‘il bolalar o‘rtasida Regbi-7 bo‘yicha “Talabalar ligasi” Respublika bosqichi musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqada Xorazm, Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston va Toshkent shahridan tashrif buyurgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti terma jamoasi O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlaridan kelgan kuchli raqiblarga qarshi bahsda g‘alaba qozondi. Tanlov yakuniga ko‘ra, o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
O'g'il bolalar:
I o‘rin – O‘zMU Toshkent;
II o‘rin – O‘zGUFKiS Chirchiq;
III o‘rin – Xorazm USU.

O`zMU Axborot xizmati