O’zbekiston Milliy universiteti va Times Higher Education xalqaro reyting agentligi vakillari bilan onlayn uchrashuv

Ma’lumki O’zbekiston Milliy universiteti va Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi o’rtasida "THE students subscriptions" platformasini yaratish bo’yicha shartnoma imzolangan. Mazkur shartnomaga muvofiq THEning mintaqaviy direktori Lachin Italmazova universitetning THE students subscriptions platformasi taqdimotini qildi. Taqdimot davomida platformaning afzalliklari va foydalanish tizimi to’g’risida ma’lumotlar berib o’tildi.
Platforma xorijlik talabalar va hamkorlar uchun universitet to’g’risidagi ma’lumotlarni olish, aloqa manabalariga ega bo’lish, ro’yxatdan o'tish hamda universitet hayotiga oid yangiliklar bilan tanishib borish imkonini berishi ta’kidlandi.

Xalqaro aloqalar bo'limi