Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zbekiston Milliy universiteti va Ural Federal universiteti oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolandi

Joriy yilning 26-aprel kuni Oʻzbekiston Milliy universitetiga B.N.Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti rektori Viktor Anatolyevich Koksharov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuvda Ural Federal universiteti rektori Viktor Anatolyevich Koksharov universitet to‘g‘risida qisqacha maʼlumot berib o‘tdi.
Uchrashuv davomida rektor Viktor Anatolyevich Koksharov magistratura, aspirantura va doktarantura bo‘yicha qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish taklifini ilgari surdi. O‘z navbatida OʻzMU rektori Inom Madjidov bildirilgan takliflar juda ham o‘rinli ekanligi hamda fizika, matematika, kimyo, biotexnologiya, arxeologiya sohalari bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirishda O‘zbekiston Milliy universiteti ham manfaatdorligini bildirdi. Shuningdek, tomonlar ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, xususan, ilmiy jurnallar tahririyati aʼzoligiga qatnashish, hammualliflikda nashrlar tayyorlash va chop etish kabi masalalarni muhokama qildi.
Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va mulohazalarni amalga oshirish uchun ishchi guruh shakllantirishga kelishib olindi va Anglashuv memorandumi imzolandi.

Maʼlumot uchun: B.N.Yeltsin nomidagi Ural Federal universiteti 2009-yil Ural davlat texnika universiteti bazasida tashkil etilgan bo‘lib mavjud o‘quv dasturlari (400 dan ortiq) bo‘yicha Rossiya Federatsiyasida eng yirik universitet hisoblanadi. Reytinglardagi ko‘rsatkichlari quyidagicha:
• QS WUR 351;
• QS WYR by subject 192;
• QS EECA 32.
Hozirgi kunda UrFUning 20 dan ziyod ilmiy jurnallari bo‘lib, ulardan 12 tasi Scopus va Web of Science bazalariga kiritilgan.

OʻzMU Axborot xizmati