Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi Oqsoq ota dala lagerida

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va barcha fakultetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari amaliyot o‘tayotgan talabalar xolidan xabar olish,ularning ko‘nglini ko‘tarib, madaniy xordiq chiqarishlarini ta’minlash maqsadida O‘zMUning Oqsoq ota dala lagerida bo‘lib turishibti.

Geologiya va geoinformasion tizimlar fakulteti talabalari Oqsoq ota dala lagerida Geofizik tadqiqot usullari va Strukturaviy geologiya va geologik xaritalash fanlaridan o‘quv dala amaliyotini o‘tashmoqda. Barcha mashg‘ulotlar zamonaviy texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Talabalarning yashashlari uchun barcha sharoitlar muxayyo qilingan.

O`zMU Axborot xizmati