Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O‘zbekiston Milliy universitetida “Media focus” loyihasiga start berildi

Jurnalistika fakulteti “Audiovizual va internet jurnalistika” kafedrasi tashabbusi bilan “Media focus” loyihasi doirasidagi ilk uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Jurnalistika fakulteti rahbariyati, xususan fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, jurnalist-talabalar hamda fakultet qoshida ochilgan havaskor jurnalistlar maktabi o‘quvchilari ishtirok etdi.
“O‘zMU 105 yoshda!” loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan loyihaning ilk mehmoni sifatida Adliya vaziri maslahatchisi, filolog va jurnalist Shahnoza Soatova taklif etildi. Uchrashuvda mutaxassis yosh jurnalistlarga axborotlar bilan ishlash, faktcheking va dizinformatsiya haqida amaliy misollar orqali tushuncha berib, mavzu doirasidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Soha yetakchilarining tajriba va bilimlari orqali bo‘lajak jurnalistlarga amaliy ko‘nikma berish maqsad qilingan loyiha davomida taniqli jurnalistlar, blogerlar, siyosatshunoslar, huquqshunoslar, tilshunoslar hamda tajribali psixologlar taklif qilinishi rejalashtirilgan.

O‘zMU Axborot xizmati