Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

O‘zbekiston Milliy universitetida Talabalar Kengashining ilk yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

Talabalar Kengashi yigʻilishi O‘zMU birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev boshchiligida bo’lib o’tdi. Talabalar Kengashini tashkil etishdan maqsad Oʻzbekiston Milliy universitetida Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan birgalikda talaba-yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etish, talabalar o’rtasidagi muammolar, ularni buzg’unchi g’oyalar ta’siriga tushmaslik, ularning talab va istaklaridan kelib chiqib, universitet rahbariyati bilan ushbu muammolarga yechim topish kerakli choralarni amalga oshirishdan iborat.

Yigʻilishda universitetning barcha fakultetdan 11 nafardan talaba-yoshlar ishtirok etdi. Talabalar kengashining eng katta ahamiyati shundaki, talabalar universitet faoliyatini rivojlantirishga juda qimmatli hissa qo'shadilar. Amalga oshirilayotgan qarorlar va vazifalar bilan bog'liqligini his qilish o'quv jarayonining asosiy qismidir.

Yigʻilish davomida talabalar turli yoʻnalish va sohalar boʻyicha muammolarni rahbariyat eʼtiboriga havola etdilar, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, oʻquv jarayonini yaxshilash boʻyicha takliflarini oʻrtaga tashladilar. Uchrashuvda bir qator muammolar oʻz yechimini ham topdi, koʻplarini hal etish boʻyicha aniq vazifalar belgilandi.

O‘zMU Axborot xizmati