O‘zbekiston Milliy universitetida Xalqaro matematika kuniga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi

Har yili 14-mart YUNESKO tomonidan e’lon qilingan xalqaro matematika kuni sifatida “matematika yaxshiroq dunyo uchun” shiori ostida o‘tkaziladi. O‘tgan yili Xalqaro matematika Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Xalqaro matematika kuni” onlayn va oflayn tadbirlar 70 dan ortiq mamlakatlarda 410 dan ortiq tadbirlar bilan nishonlandi.
Xalqaro matematika kuni birinchi marta 2007 yil 14 martda nishonlangan (3.14 yoki ba’zan “Pi kuni” deb nomlangan), 14 mart sanasi Pi kuni sifatida tanilgan va dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadi.
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetida O'zbekiston Matematika jamiyatining “Xalqaro Matematika kuni”ga bag‘ishlangan navbatdagi umumiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.







Unda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, taniqli matematiklar, O‘zMU Matematika fakulteti professor-oʻqituvchilari, yosh olimlari, talabalari hamda V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilmiy xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda professor O‘tkir Roziqov “Matematikaning inson hayotidagi o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, anjumanda eronlik taniqli olim, Firdavsiy nomidagi Mashhad universiteti professori, Eron Fanlar akademiyasi akademigi, Eron Matematika Jamiyati Prezidenti Moxammad sal Moslexian ham ishtirok etdi va uning “Eronda matematika fani va ta’limi” mavzudagi ma’ruzasi tinglandi.
Anjuman yakunida Xalqaro olimpiadalar va nomdor stipendiyalar tanlovi g‘oliblari O‘zMU rahbariyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
O‘zMU Axborot xizmati