Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zbekiston Milliy universitetida xorijiy talabalar amaliyot o’tadi

Joriy yilning mart oyida O’zMUga Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetining 8 nafar talabalari amaliyot o‘tash uchun keldilar. Talabalar Xorijiy filologiya fakulteti “Tarjima nazariyasi va qiyosiy tilshunoslik” kafedrasiga biriktirildi. Kafedra mudiri Nilufar Sadullayeva talabalarga kafedra a’zolari va tyutor bilan tanishtirdi.
Amaliyot dasturi doirasida talabalar 1 oy ichida tilshunoslik, tarjima nazariyasi, jahon adabiyoti va boshqa fanlar bo‘yicha ma’ruzalar tinglab, chet tili o’qitish metodikasi o’rgatildi. Shuningdek, talabalar universitetda o’tkazilgan Navro’z bayramida ishtirok etishdi hamda poytaxtimizning madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Yakunda talabalarga sertifikatlar topshirildi.

O’zMU Axborot xizmati