Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O`zbekiston Milliy universitetida yongʼin chiqqanligi haqidagi Ommaviy Axborot vositalarida berilayotgan xabar toʼgʼrisida quyidagilarni maʼlum qilamiz:

3 fevral kuni, soat 15:50 da Oʼzbekiston Milliy universiteti, Iqtisodiyot fakulteti binosining birinchi qavatida joylashgan kutubxona filiali xonasida kompyuterga ulangan elektr simining qizib choʼgʼlanishi natijasida kichik yongʼin kelib chiqqan.

Bu toʼgʼrisida telefon orqali Favkulodda vaziyatlar vazirligining oʼt oʼchirish xizmatiga xabar berilgan. Аmmo, yongʼin-qutqaruv xizmati xodimlari voqea joyiga yetib kelgunga qadar yongʼin fakultet xodimlari tomonidan oʼchirilgan.

Ikkita ekipajda fakultet binosi oldiga yetib kelgan yongʼin-qutqaruv xizmati xodimlari yongʼinni oʼchirishda deyarli ishtirok etmaganlar.

Yongʼin natijasida kutubxonadagi bir dona kompyuter zararlangan. Yongʼinda kutubxonaning kitob fondiga zarar yetmagan.

Moliya-iqtisod ishlari prorektori V. Yodgarov