Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

O’zbekiston Milliy universitetiga Belarus Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

22-aprel kuni Belarus Respublikasining P.M.Masherov nomidagi Vitebsk davlat universitetining birinchi prorektori Antonovich Dmitriy Anatolevich boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zMU soha prorektorlari kutib oldilar.
Uchrashuvda qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, doktorantlar almashinuvi va hamkorlikda ilmiy rahbarlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda talabalar uchun yozgi maktablar tashkil etish masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi.
Uchrashuv so‘nggida o‘zaro hamkorlik aloqalarini samarali tashkil etish maqsadida yo‘l xaritasi tuzish bo‘yicha kelishib olindi.

O’zMU Axborot xizmati