Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash

2021-yil aprel oyida O‘zbekiston Milliy universiteti, “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyati, Fransiyadagi A.S.I.E. (Association de solidarité internationale et d’éducation) Xalqaro birdamlik va ta’lim tashkiloti, Tur va Orlean universitetlari o‘qituvchilari bilan Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik o‘rnatildi. Kun tartibiga bir qator masalalar qo‘yildi.

Kunning birinchi qismida hamkorlar xorijiy filologiyasi, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti va xorijiy tiliga qiziquvchi talaba-yoshlar bilan davra suhbati olib borishdi. Mazkur uchrashuvda kelgan mehmonlar O‘zbekiston bo‘ylab sayohati, tarixiy shaharlar va obidalarga tashrifi, o‘zbek hunarmandchiligi, tabiati, ekologiyasi, qishloq xo‘jaligi xususida taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Ochiq muloqotda iqlim o‘zgarishlari, uni natijasida yuz berishi mumkin bo‘lgan talofat va oqibatlari, iqlimni mo‘tadillashtirish uchun qilinishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar haqida o‘zaro fikr almashishdi. O‘zbekiston va Fransiya iqlimini solishtirgan holda iqlimda uchraydigan ba’zi muammolar yuzasidan suhbatlashishdi. Kelgusida O‘zbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda iqlim o‘zgarishlari, tabiatni asrash va O‘zbekiston hududida yashil makonni tashkil qilish bo‘yicha onlayn va offlayn semenar-treninglar, forumlar va davra suhbatlari muntazam olib borish to‘g‘risida kelishib olindi.

         Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekiston Milliy universiteti o‘qituvchilari, talabalari, A.S.I.E. Xalqaro birdamlik va ta’lim tashkiloti volontyorlari birgalikda Shaxar klinik psixiatriyasi kasalxonasi hududida 20 tub daraxt ekishdi. Ekish jarayonida O‘zbekiston iqlimiga qaysi turdagi daraxtlar mos kelishi, ulrani parvarish qilish usulllari haqida Alain Payen barchaga so‘zlab berdi.

         Hamkor tashkilotlar 2022-yilda O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi cho‘l zonasiga fransuz volontyor talabalari tashrif buyurishini tashkil qilish va O‘zbekiston Milliy universitet volontyor talabalari bilan hamkorlikda borish, hamda Mo‘ynoq zonasini yashil makonga aylantirish, darahtlar sonini yanada ko‘paytirish, zonadagi iqlimni yahshilash choralarini kengaytirish bo‘yicha suhbatlar olib borish, yashil makon bo‘yicha yangi start-up va inovatsion loyihalar qilish bo‘yicha kelishib olindi.

O`zMU Axborot xizmati