Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Yevroosiyo milliy universiteti vakilining O‘zMUga tashrifi

O‘zbekiston Milliy universitetiga Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti Jurnalistika fakulteti dekani, taniqli publitsist, olim, Qozog‘iston Respublikasida jurnalistika ta’limi tashkilotchisi Shak Qayrat Omurbey Uli tashrif buyurdi Yevroosiyo milliy universiteti vakili O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetiga talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini oshirish, raqamli jurnalistika, reportyorlik ishi, media dizayn, PR va reklama yo‘nalishlarida magistratura va bakalavriat bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish masalasida hamkorlik qilish taklifi bilan chiqdi.

Yevroosiyo Milliy universiteti tilshunoslik va san’at bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 30 ta universiteti reytingiga kirgan ta’lim muassasasi hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida, Yevroosiyo milliy universiteti shu yili doktoranturadan keyingi taʼlim yoʻnalishida xorijlik tadqiqotchilar uchun 400 ta grant ajratgan.

OʻzMU Axborot xizmati